3 ой аввал
DORA kompaniyasi SAQ Marketing bilan xalqaro memorandum imzoladi

DORA kompaniyasi SAQ Marketing bilan xalqaro memorandum imzoladi
DORA kompaniyasi Qozog‘istonda xalqaro memorandum imzoladi. Ushbu rasmiy kelishuv Qozog‘istonning yetakchi marketing agentliklaridan biri — SAQ Marketing bilan o‘zaro uzoq muddatli hamkorlikni yo‘lga qo‘yish, tajriba almashish va mintaqaviy marketing loyihalarini birgalikda amalga oshirishni nazarda tutadi.
Memorandum asosiy yo‘nalishlari quyidagilardan iborat:
- Marketing bozoridagi o‘zaro tahlillar — O‘zbekiston va Qozog‘iston auditoriyasining xulq-atvori, algoritmlar, kontent samaradorligi.
- Ichki boshqaruv tajribasi almashuvi — KPI tizimlari, ish oqimlari, xodim motivatsiyasi va samaradorlik monitoringi.
- Texnologik integratsiya — AI (sun’iy intellekt), avtomatlashtirish vositalari, task management tizimlari.
- Qo‘shma loyiha va tashabbuslar — seminarlar, bozor tadqiqotlari, mintaqaviy brend kampaniyalari.
Tashrif davomida DORA kompaniyasi o‘zining DORA Platformasini taqdim etdi — bu loyiha nazorati, KPI baholash va jamoa boshqaruvini avtomatlashtirishga qaratilgan ichki tizimdir.
Ushbu memorandum xalqaro miqyosda tajriba almashishni institutsional darajaga olib chiqish yo‘lidagi muhim qadamlardan biridir.