DORA va Janubiy Koreya: Raqamli reklama va ERP sohalarida yangi strategik hamkorlik

DORA va Janubiy Koreya: Raqamli reklama va ERP sohalarida yangi strategik hamkorlik
Seul shahar hokimligi va Seoul Business Agency (SBA) tomonidan tashkil etilgan forum Janubiy Koreya va Markaziy Osiyo o‘rtasidagi biznes aloqalarni mustahkamlashga qaratilgan edi. Ushbu tadbir DORA uchun yangi strategik yo‘nalishlarni ochib berdi. Forum davomida biz Janubiy Koreyaning to‘rtta yetakchi kompaniyasi bilan samarali uchrashuvlar o‘tkazdik.
EInvention Co., Ltd. (AI asosidagi raqamli reklama platformasi) bizning yondashuvimizga katta qiziqish bildirdi va rasmiy hamkorlik taklifini berdi. Ushbu kelishuv DORA hayotida yangi davrni boshlab berdi. Biz EInvention bilan anglashuv memorandumi (MOU) imzoladik, bu esa Markaziy Osiyoda raqamli reklama yechimlarini joriy etish imkoniyatlarini ochib beradi.
Bundan tashqari, Eoding kompaniyasi bilan ham samarali muzokaralar olib bordik. Ular bizning ilg‘or ERP tizimimizga qiziqish bildirishdi. Bu hamkorlik bizning raqamli yechimlarimizni yanada kuchaytiradi.
Janubiy Koreya texnologiyasi, ayniqsa sun'iy intellekt va raqamli marketing sohasidagi ilg‘or tajribalari, mijozlarimizga yuqori darajadagi xizmatlar taqdim etishimizga yordam beradi. DORA bundan keyin ham innovatsion yechimlarni joriy qilish va Janubiy Koreya bilan hamkorlikni mustahkamlashda davom etadi.