Asosiy kontentga o'tish
Bepul 20 daqiqalik marketing audit
Joylar soni chegaralangan

Savolingiz bormi?

Jamoamiz odatda 5 daqiqa ichida javob beradi.

WWhatsApp TTelegram
← dora.uz DORA Media Kirish Marketplace sotuvchilari uchun yagona kabinet

DORA Seller · 14 kun bepul

3 ta marketplace — bitta kabinet

Tovarni bir marta kiriting — Uzum, Wildberries va Ozon'ga birdaniga joylang. Buyurtmalar, qoldiq va sof foyda bir ekranda, xabarlar — Telegram'da.

Karta kerak emas · Rasmiy API orqali ulanadi · O'zbek va rus tilida

  • Uzum Market
  • Wildberries
  • Ozon

Qanday ishlaydi

Siz — bitta joyda. Marketplace'lar — hammasi ulangan

Tovarni bir marta kiritasiz — DORA uni uchala marketplace'ga birdan joylaydi. Keyin qayerdan sotilmasin, buyurtmalar bitta ro'yxatga yig'iladi.

Siz · 1 ta tovar — bir marta
Simsiz quloqchin X2 SKU X2-BLK
narx
149 000
qoldiq
24
1C MoySklad BILLZ Bito Hisob va ombor tizimlariulanish rejada
DORA Seller bitta kabinet
Barcha buyurtmalarbitta ro'yxatda29
Termos 0,5 lYig'ilmoqda
Simsiz quloqchinYig'ilmoqda
Bolalar ryukzagiYig'ilmoqda
Uzum Market Faol 12bugun 24qoldiq
Wildberries Faol 9bugun 24qoldiq
Ozon Faol 5bugun 24qoldiq
  • Tovar joylash (1 → 3)
  • Buyurtma → bitta ro'yxat
  • Qoldiq sinxroni
  • Narx

Jonli namuna: tovar qanday joylanishini va buyurtmalar qanday yig'ilishini kuzating · Keyingi navbatda: Kaspi, alif shop, o'z saytingiz

Imkoniyatlar · Sotuvchining kuni

Sotuvchining butun kuni — bitta ekranda

Telegram bot

Yangi buyurtma, bekor qilish, qoldiq tugashi va jo'natish muddati — darhol Telegram'ga. Kabinetga kirish shart emas.

Buyurtmalar

Barcha marketplace buyurtmalari bitta ro'yxatda, yagona statuslar bilan. FBS: tasdiqlash, yorliq chop etish, jo'natish muddatini nazorat.

Umumiy qoldiq

Bir joyda sotildi — hamma joyda kamaydi. Ortiqcha sotuv (overselling) va bekor qilingan buyurtmalar uchun jarimalar yo'q.

Narx qoidasi

«15% sof marja qolsin» deb yozing — komissiya va logistikani hisobga olib, har bir marketplace uchun narx o'zi hisoblanadi.

Tovar joylash

Bitta kartochka — uchta marketplace. AI kategoriya va xususiyatlarni moslaydi, rasmlarni o'lchamga keltiradi.

Sof foyda

Tushum emas — komissiya, logistika, reklama va tannarxdan keyin qolgan pul. Tovar va marketplace kesimida.

1 tovar → 3 marketplace

Kartochkani uch marta to'ldirmang

Har bir marketplace'ning o'z kategoriyalari va majburiy xususiyatlari bor. DORA Seller ularni AI yordamida o'zi moslaydi — siz faqat tasdiqlaysiz.

  • Kategoriya va xususiyatlar har bir marketplace uchun avtomatik taklif qilinadi
  • Rasmlar har bir talabga moslab o'lchanadi
  • Majburiy maydon yetishmasa — nima to'ldirish kerakligi ko'rsatiladi
  • Allaqachon sotayotgan bo'lsangiz — mavjud tovarlar SKU/shtrix-kod bo'yicha bitta katalogga bog'lanadi

Farq

3 ta kabinet va Excel o'rniga

  • Har kuni 3 ta kabinetga kirish Bitta kabinet, bitta login
  • Qoldiqni qo'lda to'g'rilash, ortiqcha sotuv Qoldiq avtomatik sinxron
  • Foydani Excel'da hisoblash Sof foyda real vaqtda
  • Kartochkani har joyga alohida to'ldirish Bir marta kiritish — 3 ta joyga
  • Buyurtmani kech ko'rish, jarima Telegram'da darhol xabar

Bepul kalkulyator

Qaysi marketplace'da qancha qoladi?

Tannarx va sotuv narxini kiriting — uchta marketplace yonma-yon. Ro'yxatdan o'tish shart emas.

Komissiya va logistika — taxminiy misol qiymatlar, o'zgartirish mumkin. Aniq stavkalar kategoriya bo'yicha kabinetda avtomatik qo'yiladi.

Uzum Market
Hisobga tushadi
—
Sof foyda
—
Marja
—
Wildberries
Hisobga tushadi
—
Sof foyda
—
Marja
—
Ozon
Hisobga tushadi
—
Sof foyda
—
Marja
—

Pul qayerga ketadi

    Qanday boshlanadi

    10 daqiqada ishga tushadi

    1. 1

      Ro'yxatdan o'ting

      Telegram yoki telefon orqali — parol kerak emas.

    2. 2

      Marketplace'ni ulang

      Sotuvchi kabinetidan API kalitini nusxalang — qadamma-qadam yo'riqnoma bor. Kalit shifrlangan holda saqlanadi.

    3. 3

      Boshqaring

      Tovarlar, buyurtmalar va qoldiqlar avtomatik tortiladi. 14 kun hamma imkoniyat bepul.

    Tarif

    Bitta tarif — hamma imkoniyat

    Funksiyalarni bo'lib sotmaymiz. Uzoqroq muddatga to'lasangiz — arzonroq.

    DORA Seller

    359 000 so'm / oy

    • 3 marketplace: Uzum, Wildberries, Ozon
    • Har marketplace'da 3 ta do'kon, Wildberries va Ozon'ga yana 2 tadan bonus (qo'shimchasi — 79 000 so'm/oy)
    • Buyurtmalar, umumiy qoldiq, narx qoidalari
    • Tovar joylash va AI moslash
    • Sof foyda analitikasi
    • Telegram bot va jamoa a'zolari
    14 kun bepul boshlash

    Sinov davrida karta so'ralmaydi

    Bepul

    0 so'm / oy

    • Foyda kalkulyatori
    • Komissiyalar ma'lumotnomasi
    • Sotuvchilar akademiyasi
    Foydani hisoblash

    Ma'lumotlaringiz xavfsiz

    Rasmiy API

    Faqat marketplace'larning ochiq sotuvchi API'si — parolingiz so'ralmaydi.

    Shifrlash

    API kalitlari shifrlangan holda saqlanadi va hech qayerda ko'rsatilmaydi.

    Sizning ma'lumotingiz

    Istalgan payt eksport qilish yoki o'chirish mumkin.

    Ko'p beriladigan savollar

    Qaysi marketplace'lar qo'llab-quvvatlanadi?

    Uzum Market, Wildberries va Ozon. Keyingi navbatda — Kaspi va boshqa mintaqaviy maydonlar.

    Marketplace'da hali sotmayapman. Foydasi bormi?

    Ha: kalkulyator qaysi tovar va qaysi maydonda foydali ekanini ko'rsatadi, birinchi kartochkalarni esa bitta joydan barcha marketplace'larga joylaysiz.

    FBO va FBS bilan ishlaydimi?

    Ha. FBS buyurtmalarni kabinetdan to'liq boshqarasiz. FBO qoldiqlari marketplace omborida — ularni ko'rasiz va tahlil qilasiz.

    Ulash uchun nima kerak?

    Har bir marketplace sotuvchi kabinetidan API kaliti. Qayerdan olishni qadamma-qadam ko'rsatamiz, 2–3 daqiqa vaqt oladi.

    To'lov qanday?

    Payme, Click yoki korxona hisobidan bank o'tkazmasi. Sinov 14 kun bepul, karta so'ralmaydi.

    Jamoam bilan ishlasa bo'ladimi?

    Ha: egasi, menejer va kuzatuvchi rollari bor — har kim faqat o'ziga kerakli bo'limni ko'radi.

    Ro'yxatdan o'tish

    14 kun bepul — hoziroq boshlang

    Ro'yxatdan o'ting — kabinet darhol ochiladi, ariza va kutish yo'q. Karta kerak emas.

    • Telegram yoki e-pochta orqali — parolsiz
    • 14 kun barcha imkoniyatlar bepul
    • BILLZ'ni ulang — katalog, qoldiq va narxlar avtomatik tortiladi

    Loyihangizni muhokama qilamiz

    Raqamingizni qoldiring — mutaxassis siz bilan bog'lanadi.

    Telegram orqali ariza qoldirish

    Ma'lumotlaringiz faqat siz bilan bog'lanish uchun ishlatiladi.